Oʼzbekiston dunyodagi zaʼfaron yetishtiriladigan eng yirik beshta plantatsiyalardan biriga aylanmoqda

BMB Trade Group kompaniyasi mahsuloti hademay Saudiya Аrabistoni va Janubiy Koreya bozorlaridan ham oʼrin egallaydi.
Joriy yilning 20-oktyabr kuni “BMB Trade Group” kompaniyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi rasmiy vakillari, shuningdek, Italiyaning “Fin Opera” kompaniyasi vakili Massimo Busjeni, Tojikistonning “AVAS Engineering” kompaniyasi raisi Аzim Hakimov, Koreya Respublikasining “KGH” kompaniyasi mutaxassisi Jina Park ishtirokida zaʼfaron oʼsimligini yetishtirish hamda plantatsiyalarini tashkil etish, ularni sanoat usulida qayta ishlashning samarali tizimini rivojlantirishga qaratilgan muloqot shaklidagi tadbir tashkil etildi.
Hozirgi kunla, Italiyadan 20 million dona zaʼfaron (shafran) piyozboshlari ortilgan navbatdagi yuk mashinalari Yevroosiyoning yetti davlati - Sloveniya, Vengriya, Polьsha, Belarusь, Rossiya va Qozogʼiston hududi orqali Oʼzbekistonga keltirish ishlari samarali amalga oshirildi.
Tomonlar, bugungi kunda Oʼzbekiston dunyodagi zaʼfaron yetishtiriladigan eng yirik beshta plantatsiyalardan biriga aylanayotganini alohida taʼkidlab oʼtishdi.
Muloqot davomida, BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov, Jizzax zaminiga ekilayotgan zaʼfaron piyozboshlari bevosita Italiyadan olib kelinayotganligini maʼlum qildi.
“Uni yetishtirish jarayonlari italiyalik mutaxassislar bilan birgalikda nazorat qilib borildi. Parvarishlash jarayonida hech qanday kimyoviy mineral oʼgʼitlar qoʼllanilmadi. Quvonarlisi, chekilgan zahmatli mehnat oʼz mevasini berdi – 2020 yildayoq ilk hosil terib olindi”, dedi kengashi raisi.
BMB Trade Group kompaniyasi mahsuloti hademay Saudiya Аrabistoni va Janubiy Koreya bozorlaridan ham oʼrin egallaydi. Bundan tashqari shu yil Koreya Respublikasining “KGH” kompaniyasi bilan ham eksport shartnomasi imzolandi.
ZА'FАRON HАQIDА MА'LUMOT
Bu oʼsimlikni yetishtirish va xomashyoni terib olish faqat qoʼl mehnati bilan amalga oshirilgani uchun juda qimmatbaho hisoblanadi. Bugungi kunda zaʼfaron Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Аvstraliya kabi oʼn beshdan ortiq mamlakatda yetishtiriladi.






