Oʼzbekiston Global maʼlumotlar barometri reytingida 58-oʼrinni egalladi

2021-yil yakunlariga koʼra, Global maʼlumotlar barometri reytingi (The Global Data Barometer - GDB) eʼlon qilindi.

Mazkur reytingda 100 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etgan.

Oʼzbekiston Respublikasi reytingda 32 ball toʼplab, 58-oʼrinni egalladi.

Global maʼlumotlar barometrining asosiy modullarida:

Oʼzbekiston "Ochiq maʼlumotlar tashabbusi"ni oʼz ichiga olgan "Imkoniyatlar" modulida 80 ball toʼplab, 8-oʼrinni egalladi.

Mamlakatda ochiq maʼlumotlar siyosatini oʼz ichiga olgan "Boshqaruv" modulida Oʼzbekiston 52 ball toʼplab, 19-oʼrinni egalladi.

Global maʼlumotlar barometri reytingida:

1-oʼrin - АQSh 68 ball

2-oʼrin - Fransiya 66 ball

3-oʼrin - Buyuk Britaniya 65 ball