Oʼzbekiston koʼmagida Mozori-Sharif aeroporti qayta tiklandi

Oʼzbekiston Аfgʼonistondagi Mozori-Sharif aeroportini tiklash boʼyicha texnik yordam loyihasini yakunladi. Ishlar aeronavigatsiya va meteorologiya jihozlarini taʼmirlash, uchish-qoʼnish yoʼlagini rekonstruktsiya qilish hamda aeroportning elektr taʼminotini tiklashdan iborat edi.
Аfgʼon tomoni vakillari birodarlik rishtasini mustahkamlashga asoslangan mazkur tashabbusni Oʼzbekiston tomonidan qoʼshni mamlakatlar bilan doʼstona, oʼzaro manfaatli hamkorlik munosabatini mustahkamlash yoʼlida olib borilayotgan saʼy-harakatning mantiqiy davomi, deya qabul qilinishini taʼkidladilar.






