Oʼzbekiston toʼqimachilari marketpleyslarni oʼzlashtirmoqda: Rossiya kompaniyalarining muvaffaqiyatli tashrifi

Joriy yil Oʼzbekiston toʼqimachilik sanoati uchun voqealarga juda boy boʼldi: yil boshidan buyon toʼqimachilik forumlari, turli seminarlar, xalqaro koʼrgazmalar va hamkorlikka manfaatdor xorijiy kompaniyalar, brendlar va riteylerlar bilan koʼplab uchrashuvlar kabi koʼplab tadbirlar oʼtkazildi. Shu jumladan, yil boshidan buyon turli mamlakatlar delegatsiyalarining tashriflari amalga oshirildi.
Oʼzbekiston xorijlik hamkorlarni siyosiy-iqtisodiy vaziyatning barqarorligi va barcha sohalarda, xususan, tayyor mahsulot eksportini oshirish maqsadini koʼygan toʼqimachilik sohasida hamkorlikka tayyorligi bilan jalb qilmoqda.
2021-yilda Rossiyaga 1 milliard dollarga yaqin toʼqimachilik, kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlari eksport qilgan Rossiya, bizni ishonchli hamkor deb biladi. 2022-yilning birinchi oylari natijalariga koʼra esa – deyarli 400 million dollarga eksport qilindi.
Аyni paytda Rossiyaning Wildberries, Yandex. Market, Ozon, Lamoda kabi yetakchi marketpleyslari vakillaridan iborat Rossiya delegatsiyasi (taxminan 90 kishi) Oʼzbekistonga tashrif buyurishmoqda.
Tashrifdan koʼzlangan maqsad – Oʼzbekistonning tayyor toʼqimachilik mahsulotlari bilan yaqindan tanishish va Rossiya bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar yetkazib berish masalasini oʼrganishdan iborat.
Tashrif davomida mehmonlar Oʼzbekistonning “LUKBO TEXTILE», “Chirchik Mega Biznes”, “Zarista textile» va “Uztex Group” yirik toʼqimachilik korxonalari mahsulotlari bilan tanishdi.
Ishlab chiqarilayotgan jinsi mahsulotlari, sport kiyimlari, futbolkalar, paypoqlar, ayollar koʼylagi mehmonlarda katta qiziqish uygʼotdi. Ushbu mahsulotlarni yetkazib berish masalasi ham kelishib olindi.






