Oʼzbekiston va Turkmaniston Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʼilishini oʼtkazadi

Sardor Umurzakov Аshxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʼrinbosari, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʼyicha Hukumatlararo komissiya (HK)ning turkman tomonidan raisi E.Orazgeldiev bilan muzokaralar oʼtkazdi.
Yaqin vaqt ichida HK O‘zbekistondagi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, HK doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston Ishbilarmonlar Kengashining ikkinchi yig‘ilishi ham tashkil etiladi.
Tomonlar transport va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdilar. Ikki mamlakat Transport vazirliklari tomonidan sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo transporti hamda xalqaro avtomobil qatnovlarini qayta tiklash masalalari ustida ish borilishiga kelishib olindi.






