Oʼzbekiston va Ukraina ishilarmonlari o‘rtasida uchrashuvlar boʼlib oʼtdi

«Welfare Investment Alliance» (Oʼzbekiston) konsalting kompaniyasi Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʼmagida CEO Club Ukraine (Chief Executive Officers Club Ukraine) va CFO Club Ukraine (Chief Financial Officers Club Ukraine) bilan hamkorlikda, shuningdek «IT PARK Toshkent» bilan birgalikda Toshkent shahrida Oʼzbekiston-Ukraina ishbilarmonlari uchrashuvini oʼtkazdi.
Uchrashuvda Ukarinaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mikola Doroshenko ishtirok etdi va nutq soʼzladi.
Ishbilarmonlar uchrashuvi ishtirokchilari iqtisodiyotning eng muxim soxalari: IT va telekommunikatsiya, bank-moliya tizimi, elektrotexnika, turizm, transport va logistika, oziq-ovqat sanoati, toʼqimachilik, teri-poyabzal va tibbiyot sanoati va boshqa yoʼnalishlardagi istiqbolli loyixa takliflarini muxokama qilishdi.
Yuqoridagi soxalardagi hamkorlik masalalarini muxokama qilishdan tashqari, tashrifi doirasida delegatsiyalar Toshkent Texnoparki va “Oʼzbekzargarliksanoati” uyushmasining ishlab chiqarish maydonlarida boʼlishdi, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarining sayyohlik imkoniyatlarini bilan tanishdilar.
Ishbilarmonlik uchrashuvi va Oʼzbekiston sanoat korxonalariga tashriflari yakunlari boʼyicha Oʼzbekiston-Ukraina oʼrtasida savdo-iqtisodiy xamkorlik takliflari ishlab chiqish maqsadida delegatsiyalarning oʼzaro tashriflarini faollashtirish toʼgʼrisida kelishuvga erishildi.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʼrtasidagi muzokoralar shu yilning 20 oktyabiriga qadar davom etadi.






