Oʼzbekiston va YeI oʼrtasida “GSP+” preferentsiyalarini qoʼllash boʼyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bryussel shahrida Oʼzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʼrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʼgʼrisidagi bitim (KShHB) loyihasi yuzasidan muzokaralarning 9-raundida Oʼzbekiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida Oʼzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʼrinbosari B.bidov Yevropa komissiyasi Savdo boʼyicha bosh direktoratining barqaror rivojlanish va iqtisodiy hamkorlik bitimlari boʼyicha direktori E.Zinovьets bilan uchrashdi.

Oʼzbekistonda YeIning “GSP+” Preferentsiyalar bosh tizimi imtiyozlarini qoʼllash va ushbu mexanizm doirasida Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari masalalari muhokama qilindi.

Oʼzbekiston uning Yevropa mamlakatlari bilan tashqi savdosini diversifikatsiya qilish va barqaror oʼsishiga mustahkam zamin yaratayotgan “GSP+” tizimi doirasida YeI davlatlari bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat berayotgani taʼkidlandi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferentsiyalar bosh tizimi imtiyozlaridan samarali foydalanishda tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.