Oʼzbekiston – Yaponiya munosabatlari ijobiy dinamika va rivojlanish istiqbollariga ega

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Tokio shahrida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi bilan uchrashdi.
Boʼlib oʼtgan muloqot ikki mamlakat oʼrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada faollashtirish va kengaytirish masalalari, shuningdek, ikki va koʼp tomonlama hamkorlik doirasida qoʼshma tashabbuslarni amalga oshirishning joriy holatini muhokama qilishga bagʼishlandi.
Ushbu oyda boʼlib oʼtgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti doirasidagi tashqi ishlar vazirlarining 8-yigʼilishi mazmun-mohiyati taʼkidlab oʼtildi.
Energetika, qishloq xoʼjaligi, sogʼliqni saqlash, xususiy sektorni rivojlantirish va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash sohalarida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish jarayoni koʼrib chiqildi hamda yuzaga kelayotgan barcha masalalar boʼyicha oʼzaro maqbul yechimlar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat oʼrtasida siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy va texnik, madaniy hamkorlikni ilgari surish maqsadida muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.






