Oʼzbekistonda 8 oy davomida 174 trln soʼmlik bozor xizmatlari koʼrsatilgan

Davstatqoʼm maʼlum qilishicha, respublikada 8 oyda 38,3 trln soʼmlik moliyaviy xizmatlar koʼrsatilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida respublikada 174,8 trln soʼmlik bozor xizmatlari koʼrsatilgan.

Bozor xizmatlarining nominal hajmi 40,8 trln soʼmga oshgan. Oʼtgan yilning shu davriga nisbatan oʼsish surʼati 120,3 %ni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha koʼrsatilgan xizmatlar hajmi:
- aloqa va axborotlashtirish – 10,3 trln;
- moliyaviy – 38,3 trln;
- transport – 42 trln;
- shu jumladan avtotransport – 22,1 trln;
- yashash va ovqatlanish – 4,6 trln;
- savdo – 44,2 trln;
- koʼchmas mulk bilan bogʼliq – 5,06 trln;
- taʼlim sohasi – 6,8 trln;
- sogʼliqni saqlash sohasi – 3,05 trln;
- ijara – 3,5 trln;
- kompьyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash – 2,9 trln;
- shaxsiy – 4 365,7 mlrd;
- meʼmorchilik, izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 3,6 trln;
- boshqalar – 5,5 trln soʼmlik bozor xizmatlari koʼrsatilgan.