Oʼzbekistonda qancha xorijlik talabalar tahsil olmoqda?

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021/22-oʼquv yili boshida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:
2016/2017-oʼquv yili – 603 nafar
2017/2018-oʼquv yili – 1320 nafar
2018/2019-oʼquv yili – 2685 nafar
2019/2020-oʼquv yili – 3593 nafar
2020/2021-oʼquv yili – 4219 nafar
2021/2022-oʼquv yili – 5140 nafar
Eslatib oʼtamiz, 2020-yilning 1-yanvar holatiga, Oʼzbekistondan 53 ming nafar talabalar xorijda tahsil olmoqda.






