Oʼzbekistonda YeXHT PA kuzatuvchilari missiyasi oʼz faoliyatini boshladi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi 24-oktyabr kuni Oʼzbekistonda boʼlib oʼtadigan Prezident saylovini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi.

21-oktyabr kuni Markaziy saylov komisiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayevning YeXHT qisqa muddatli kuzatuvchilarning maxsus koordinatori Reynxold Lopatka va Daniella de Ridder – YeXHT delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev muloqot chogʼida mexmonlarni Oʼzbekiston saylov qonunchiligidagi yangiliklar, Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Qayd etilganidek, saylov jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida jamoatchilikka oʼz vaqtida maʼlumot berib borish uchun MSK Matbuot markazi va uning hududiy boʼlinmalari faoliyat olib bormoqda. Ushbu maqsadga akkreditatsiyadan oʼtgan jami 1672 ta ommaviy axborot vositalari vakillari ham oʼz hissasini qoʼshadi. Аsosiy vazifa Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi umumeʼtirof etilgan xalqaro printsiplar va huquqiy normalarga muvofiq oʼtkazilishini taʼminlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda xalqaro kuzatuvchilarning saylovlarda ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning turli institutlariga saylovlarni kuzatish uchun taklifnomalar yuborildi.

Аkkreditatsiyadan oʼtgan xalqaro kuzatuvchilar soni 969 tani tashkil etadi. Bulardan 629 ta xalqaro tashkilotlardan, 340 tasi xorijiy davlatlardan.
Maʼlumot oʼrnida aytish joiz, YeXHT PА delegatsiyasi tarkibiga Frantsiya, Chexiya, Gretsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiya, Niderlandiya, Estoniya, Latviya va boshqa 25 davlatlar parlamentlarining 120 yaqin vakillari kiradi.