Oʼzbekistonga 2 oyda 228 ta elektromobil import qilingan

Davlat statistika qoʼmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʼzbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,9 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 228 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 150 taga oshgan.
2022-yilning dastlabki 2 oyida Oʼzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillar importi amalga oshirilgan:
Xitoy – 216 ta
Gonkong – 5 ta
Germaniya – 3 ta
Estoniya – 2 ta
BАА – 1 ta
Qirgʼiz R. – 1 ta






