O‘zbek agrarchilari uchun Rossiya qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish imkoniyatlari

2021-yil 1-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayevning Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning departamentlari vakillari bilan video-muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Rossiya tomonidan muzokaralarga Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchilik qildi. Ikki tomonlama onlayn-uchrashuvning asosiy maqsadi: Rossiya hududida bir necha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun O‘zbekiston korxonalari uchun yer taqdim etish masalalarini muhokama etishdan iborat bo‘ldi.
«Ushbu uchrashuv shu yilning iyun oyida ikki хukumat rag‘barlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning Moskvadagi ikkinchi yig‘ilishi doirasida Dmitriy Patrushev bilan o‘tkazilgan muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘ldi, - ta’kidladi Jamshid Xodjayev.
2021-yilning avgust oyida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya tomonga qishloq xo‘jalagi ekinlari ro‘yxati va maydonlarni qayta ishlash uchun talab etiladigan dastlabki hisob-kitoblarni yubordi. «Hozirgi bosqichda biz aloqa o‘rnatish va o‘zaro ta’sir mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda amaliy jihatdan tayyor bo‘lish maqsadida ushbu loyihani 35 ming gektar maydonda ishga tushirishni taklif etmoqdamiz. - ta’kidladi vazir Jamshid Xodjayev muzokaralar chog‘ida.
Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin va uning hamkasblari qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish uchun 8-13 million gektar maydon mavjudligini ta’kidlashdi va Rossiya Federatsiyasining 23 ta sub’ekti ushbu O‘zbekiston-Rossiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar yer uchastkalarini ajratishga doir muayyan masalalarni, jumladan o‘zbekistonlik sheriklarga qishloq xo‘jaligi yerlarini uzoq muddatli ijaraga berish shartlarini muhokama qildilar.






