«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi hamkorligida «Ipak» filmi suratga olinadi

Ma’lumki, o‘zbek ipakchiligi ko‘p asrlik tarixga ega. Bugun bu soha yanada sayqallanib, milliy iftixorimizga aylandi.

Tabiiyki, tashabbuskor, zaxmatkash va fidoiy pillakorlarimizning hayoti va ish faoliyatini, ipakchilikning bugungi ilg‘or natijalarini nafaqat mahalliy, hamkorlikdagi xorijiy kinolarda ham aks ettirsak, shu orqali kelajak avlodga namuna sifatida yetkazsak arziydi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi va Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda “Ipak” badiiy filmining suratga olish ishlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filmni tasvirga olish joylari va unda ishtirok etuvchi qahramonlarni tanlash, kinoda tizim faoliyatini keng talqin etilishi kabi masalalar muhokama qilindi. Ipakchilikning qadimiy tarixi va bugungi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi raisi Bahrom Sharipov film ijodkorlariga tasvirga olish jarayonlarini amalga oshirish uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishini ta’kidladi.

–Muximi, sifatli va asrlar davomida ko‘rishga arzigulik kino bo‘lishi lozim, –– dedi B.Sharipov. – Filmda bosh qahramonning sohani rivojlantirishdagi qiyinchilik davrlaridan tortib yuqori natijalarga erishganligi ham aks etgani ma’qul. Shuningdek, ipak qurtini parvarish qilish, pilla yetishtirish jarayonlari, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlash, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sohaning eksport salohiya kabi barcha xolatlarning ko‘rsatilishi, menimcha, film saviyasini yanada oshiradi.