O‘zbekiston 141-davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Antigua, Barbuda va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzoladi.

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan mamlakatlarning BMTdagi doimiy vakillari Baxtiyor Ibragimov va Uolton Alfonso Uebson imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Shu bilan birga, hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Karib havzasi davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgani ta’kidlandi.

Antigua va Barbuda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi. U Karib dengizining g'arbiy qismida joylashgan, Britaniya Hamdo'stligi, shuningdek, Amerika Davlatlari Tashkilotiga a'zo sanaladi.