O‘zbekiston-Bangladesh biznes forumi

6 sentabr kuni Halqaro Biznes-markazining “Alisher Navoiy” zalida O‘zbekiston-Bangladesh biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi - ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.

Bundan tashqari mazkur tadbirda Bangladesh Bosh vaziri maslahatchisi boshchiligidagi 20 dan ortiq davlat mutasaddilari va ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida, ishtirokchilar tomonidan sohalar bo‘yicha iqtisodiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi taqdimotlar namoyish etildi. Ishbilarmon doira vakillari o‘rtaisda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Xususan, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyev; "O‘ztekstilprom" uyushmasi raisi o‘rinbosari Muhammadsaidov, "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi o‘rinbosari
F.Nurmuhammedov va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi raisi o‘rinbosari S.Abilqosimov o‘z sohalari doirasida taqdimotlar bilan tanishtirib o‘tdi.