O‘zbekiston Bolalar Ombudsmanıning huquqiy maqomini mustahkamlamoqda

“The European Geopolitical Forum” saytida O‘zbekistonda Bolalar Ombudsmanining huquqiy maqomini mustahkamlashga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Nashrda 2021-yilga mo‘ljallangan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmanı) faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlari kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida “Bolalar ombudsmanı toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
Ushbu qonunning qabul qilinishi nafaqat bolalarni himoya qilish milliy tizimini mustahkamlash, balki mamlakatimizda bolaning qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilishning yuqori madaniyatini shakllantirish bilan bir qatorda eng yaxshi manfaatlari tamoyilini ilgari surish va jamiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan mustaqil va samarali parlament institutini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.






