O‘zbekiston delegatsiyasi SALAMAQ21 - 32-chi Xalqaro chorvachilik ko‘rgazmasida qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Ispaniya Qirolligida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya o‘z ishini 6 sentabr kuni SALAMAQ21 – Salamanka-2021 Ispaniya qishloq xo‘jaligi vazirligining 32-chi Xalqaro chorvachilik ko‘rgazmasida qatnashishdan boshladi.

Xalqaro ko‘rgazma Salamanka viloyat kengashining ko‘rgazma maydonlarida bo‘lib o‘tdi. Pavilonlarda 100 dan ortiq yirik va mayda shoxli zotli mollar, ozuqa bazasini rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi granula ishlab chiqaruvchilar, sut va go‘shtni qayta ishlash korxonalari va boshqa chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdi.