O‘zbekiston elchisi Yaponiya tashqi ishlar bo‘yicha yangi davlat vaziri bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

Kuni kecha Oʻzbekiston elchisi Muxsinxoʻja Abdurahmonov Yaponiya tashqi ishlar boʻyicha davlat vaziri Takako Suzuki bilan uchrashdi.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga turtki berganini alohida ta’kidladi.
Takako Suzuki Yaponiya O‘zbekiston bilan turli sohalarda strategik sheriklikni yanada mustahkamlash niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, xususan, parlamentlar aloqalarini faollashtirish, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashishni rejalashtirdilar.
Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanish arafasida.






