O‘zbekiston fuqarolari Tojikistonda 10 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin

Endilikda O‘zbekiston fuqarolari Tojikistonda 10 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin bo‘ladi. Bungacha bu muddat uch kun edi. Tegishli chora-tadbirlar 28-mart kuni Tojikiston Majlisi Kengashida imzolangan bayonnomada nazarda tutilgan.
Bir Tomon davlatining fuqarolari boshqa Tomonning hududiga kirgan paytdan boshlab 10 ish kuni mobaynida yashash joyidagi davlatning vakolatli organlarida roʻyxatga olish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish majburiyatidan ozod qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 16-martdan boshlab Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi quruqlikdan oʻtish punktlarida barcha shaxslar uchun cheklovlar olib tashlangan.






