O‘zbekiston jurnalistikasi - shaffoflik sari oldimlamoqda

Jurnalist - xalq va davlat, hukumat va jamiyat o‘rtasidagi shaffof ko‘prik bo‘lmog‘i, yurt manfaatlarini, shaxsiy manfaatlaridan ustun quyguvchi fidoiy va holis inson bo‘lmog‘i talab etiladi.
Bugun davlatimiz rahbari o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mashaqqatli, biroq provardida o‘zining ulkan mahsulini beruvchi haqiqiy demokratik jamiyatni barpo etish yo‘li, yurtimizdagi barcha sohalar kabi jurnalistika sohasida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishni ta'qazo etmoqda.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda soha vakillari zamon bilan hamnafas bo‘lishi, uning bor imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, asl mohiyatini yo‘qotmasligi, asrlarga teng mas'uliyat desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Texnika asrida zamonaviy jurnalistika o‘z o‘zaklarini yo‘qotib qo‘ymasligi, bu borada davlat uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi eng zarur omillardan biridir.
So‘nggi yillarda yurtimizda jurnalistika nufuzini oshirish uchun ko‘plab qonuniy hujjatlar qabul qilinmoqda. Undagi moddiy texnik bazasi, kadrlar masalasi, davlat organlari bilan "Ochiq eshiklar" formatidagi munosabatlarni shakllantirish davlatimiz rahbari ilgari surayotgan birlamchi vazifalardan biridir.
Bugun aynan yuqorida ta'kidlangan masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, Prezident Matbuot kotibi Sherzod Ikromovich Asadov hamda "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat markazida bo‘ldi.
Sherzod Ikromovich, O‘zbekiston jurnalistikasi kuchli islohotlarni boshdan kechirayotgani va bu yo‘lda davlat har tomonlama soha vakillariga ko‘mak berishini, sohaga kirib kelayotgan yosh va shijoatli, eng muhimi Vatan oldidagi burchini chin yurakdan his etguvchi yoshlar albatta davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta'kidlab o‘tdilar.
Shu o‘rinda, Davron Abdurahimovich tomonidan o‘tkazilgan loyihaning taqdimoti, uning mazmun-mohiyati asosida, Yangi O‘zbekiston imidjini xalqaro maydonlarda munosib targ‘ib etishga ko‘maklashish borasidagi g‘oyalari ijobiy qabul qilindi.






