O‘zbekiston kompaniyalari Rossiya savdo markazlarida ish boshlashga jalb etiladi

Tadbirkorlar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Rossiya savdo markazlaridagi do‘konlarni ijaraga olishlari mumkin.
Qayd etilishicha, SSP o‘zbekistonlik tadbirkorlarni savdo do‘konlariga jalb qilishda Rossiya savdo markazlari kengashiga ko‘maklashmoqda.
“Rossiyada faoliyat yurituvchi kompaniyalardan biri O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga yirik savdo markazlarida savdo do‘konlarini ijaraga berish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifi bilan murojaat qildi”, deyiladi palata xabarida.
Ta'kidlanishicha, hozirda bu borada yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.






