O‘zbekiston MDH davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda

MDH mamlakatlari ichida O'zbekiston barpo etilgan gidroelektrostantsiyalar soni bo'yicha yetakchilik qilmoqda. Keyingi 5 yilda Respublikamizda 11 ta yangi GES qurilib ishga tushirildi. Yana 9 ta gidroelektr stansiya modernizatsiya qilinib, yangi quvvatlar bilan ishga tushirildi.
Shu davrda Rossiyada 6 ta, Ozarbayjonda 5 ta, Qozogʻistonda 3 ta, Belarusda 2 ta, Tojikistonda 1 ta yangi GESlar ishga tushirildi.
O‘zbekistonda gidroenergetika jadal rivojlanmoqda. 2030-yilgacha yangi GESlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish hisobiga uning quvvatini 1,7 barobarga - 3416 MVtgacha oshirish rejalashtirilgan.






