O‘zbekiston MDH doirasidagi yana bir kelishuvni tasdiqladi

O‘tgan olti oyda respublika Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida hamkorlik to‘g‘risidagi uchta shartnomaga qo‘shildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari Oliy sudlari raislari kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.

Oliy sud mazkur kelishuvni amalga oshirish uchun mas’ul respublika vakolatli organi etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligiga kelishuv kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalari Oʻzbekiston tomonidan bajarilgani toʻgʻrisida Hamdoʻstlik davlatlarini xabardor qilishni topshirdi.

Eslatib oʻtamiz: hujjat 2021-yil 15-oktabrda MDHga aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari boʻyicha imzolangan.

O‘zbekiston mart oyi oxirida MDH davlatlari o‘rtasida rasmiy statistika sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga, fevral oyi boshida esa MDH davlatlarining transport xavfsizligini ta’minlashda axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.

Oktabr oyida respublika geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasidagi Hamdo‘stlik bitimiga qo‘shildi.

Tez orada MDH davlatlari rahbarlari ham korrupsiyaga qarshi bitim imzolaydilar.