O‘zbekiston sanoatning boykotdan xoli keyingi qadamlari

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida xalqaro miqyosda onlayn brifing tashkil etildi.

Unda dunyoning 30 ta davlatidan 180 ga yaqin toʻqimachilik sanoati vakillari ishtirok etdilar.

Brifingning asosiy maqsadi jahon hamjamiyatiga to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berishdan va “O‘zbekiston sanoatning boykotdan xoli keyingi qadamlari”, hamkorlikning afzalliklari va O‘zbekistonni mintaqaviy to‘qimachilik markaziga aylantirishga intilishga qaratilgan.

Mazkur ma’ruzachilar bolalar va majburiy mehnatga barham berish, so‘ngra o‘zbek paxtasiga boykotning bekor qilinishiga salmoqli hissa qo‘shgan tashkilotlar vakillari edi.

Brifing ishtirokchilari bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati qanday ekani, mamlakatimiz hukumati biznes vakillari, investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi, mehnatkashlar uchun qulay shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida o‘z shaxsiy tajribasidan so‘zlab berdi.

Mutaxassislar O‘zbekistondagi to‘qimachilik sanoati haqida gapirar ekan, O‘zbekiston juda qisqa vaqt ichida majburiy mehnatga to‘liq barham berishga va keyingi o‘sishning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan dunyodagi yagona davlat ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston islohotlarni davom ettirmoqda va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda 2014-2020-yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bugun esa 2021-2025-yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha yangi Davlat dasturi qabul qilinib, unda munosib mehnat sharoitlarini yaratish, norasmiy bandlikni qisqartirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.