O‘zbekiston temir yo‘llari Olmaota-Toshkent-Olmaota tezyurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Қазақстан темiр жолы” milliy kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, joriy yilning 2-mayidan boshlab “Olmaota-2-Toshkent-Olmaota-2” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marotaba 1/2-sonli tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan Qozogʻistonga poyezd qatnovi haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Olmaota-2” temir yoʻl vokzalidan esa Oʻzbekistonga haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari qatnovlar yo’lga qo’yiladi.

Avvaleoq, joriy yilda Qozogʻistonda “Nukus-Beyneu-Nukus” yoʻnalishi boʻyicha birinchi doimiy yoʻlovchi poyezdi 647/648 tashkil etilgani haqida ma’lum qilingan edi.