O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va yarim himoyachisida COVID-19 aniqlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets va jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinov koronavirusga chalindi.
Ta’kidlanishicha, bosh murabbiy Srechko Katanets Dubaydagi yig‘ilishga Sloveniyadan yetib kelishi lozim bo‘lgan. Biroq, ketish oldidan topshirgan testi musbat natijani ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, terma jamoa a’zosida ham koronavirus aniqlangan. Jamoa Dubay shahriga yetib borgach, delegatsiyaning barcha a’zolari PZR test topshirgan.
Testlar natijasiga ko‘ra, Hojimat Erkinovda musbat natija qayd etilgan. Shu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o‘tashni boshlagan.
Karantin muddati yakuniga yetgach, futbolchi qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashg‘ulotlari reja qilinadi.






