O‘zbekiston Turkmaniston orqali yuklar tranzitini amalga oshiradi

Joriy yilning 1-iyunidan Turkmaniston hukumati O‘zbekistonga tranzit yuk tashishga ruxsat berdi. Ammo, bunda bir qator talablar ham mavjud.
Talablar ro’yxatiga avtomobillar konvoyda harakatlanishi, haydovchilarga to'xtash va kabinadan chiqish taqiqi va hokazolar kiradi.
Tranzit yo‘nalishi O‘zbekiston bilan chegaradagi Farap (Olot o‘tkazish punkti) va Eron bilan Seraxs o‘tkazish punktlari orqali o‘tadi.
Yuk mashinalari Turkmaniston orqali O‘zbekiston va Eron chegaralaridan 1 km uzoqlikda tashkil etiladigan konvoyda (karvonda) harakatlanishi kerak. Bu harakatlanish ertalabki soat 8:00 dan boshlab shakllana boshlaydi.
Konvoyga yo‘l patrul politsiyasi hamrohlik qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, haydovchilarga harakat paytida to'xtashlari va transport vositalarining kabinalaridan tushishlari taqiqlanadi.
Haydovchilarning dam olishlari, transport vositalariga yoqilg'i quyish va texnik xizmat ko'rsatish uchun maxsus to'xtash joylari ajratilgan.
Harakat paytida nosozlik yoki boshqa muammolar yuzaga kelgan taqdirda, mashina kolonnadan chiqariladi. Huquq-tartibot idoralari Turkmaniston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda muammoni hal qilishda haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ushbu tranzit bir qator boshqa talab va shartlarga rioya qilishni talab etadi:
haydovchilar tranzitning maxsus sanitariya holati haqidagi zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart;
transport vositalari sanitariya tozalashdan o'tkaziladi;
chegarani kesib o'tishda COVID-19 uchun PZR testi natijalarini (kamida 72 soat oldin) yoki koronavirusga qarshi emlash sertifikati (oxirgi emlash kunidan boshlab kamida 42 kun) taqdim etilishi zarur;
postda COVID-19 uchun tezkor testdan o'tish talab etiladi.






