O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari o’rtasida muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov “COVIDdan tashqari – Markaziy Osiyoda adolatli tiklanish sari” Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha ikkinchi mintaqaviy sammit doirasida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini muhokama qildilar.
Xususan, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va tranzit-transport sohasi, shuningdek, suv resurslari sohasidagi hamkorlik haqida so‘z yuritildi.
Qayd etilishicha, 2021-yil yakuniga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 33 foizga oshib, 4,3 million dollarni, joriy yilning 4 oyida esa 24,5 foizga oshib, 1,4 milliard dollarni tashkil etgan.






