O‘zbekiston va Sankt-Peterburg ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi

2021-yil 5-7–oktyabr kunlari Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan Sankt-Peterburg shahri Tashqi aloqalar boʼyicha qoʼmita raisi Yevgeniy Grigoryev boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.
8–oktyabr kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Sankt-Peterburg va Oʼzbekiston Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forumning yalpi majlisi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvning assoiy maqsadi, ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish va ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirishdagi aloqalarni mustahkamlash.
Shuningdek, Oʼzbekiston va Rossiya oʼrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tomonlar kelgusida oʼzaro amaliy hamkorlikning ustuvor yoʼnalishlarini belgilab olishdi. Oʼzbekiston va Rossiya oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʼyicha birgalikdagi ishlarni faollashtirish toʼgʼrisida kelishuvga erishildi.
Tadbir soʼngida, tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yoʼnalishlari doirasida keyingi amaliy harakatlarni belgilab olishdi.






