O‘zbekistonda 2024-yil oxirigacha 14 ta elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Bu haqda Energetika vazirligining investitsiya shartnomalari ro‘yxatidan ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etilganidan buyon, ya'ni ikki yarim yildan oshiq vaqt mobaynida, elektr energetikasi sohasida umumiy quvvati 7 231 MVt bo'lgan 17 ta investitsiya shartnomalari imzolandi.

Yaqinda Navoiy viloyatida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan qurilgan quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi,

Vazirlik ro‘yxatiga ko‘ra, 2024-yil oxiriga qadar mamlakatda umumiy quvvati 7 000 MVt dan ortiq bo‘lgan 14 ta elektr stansiyasi ishlay boshlaydi. Ularni qurish uchun Turkiya, Saudiya Arabistoni, Germaniya va BAA kabi davlatlar sarmoya kiritadi.

Bundan tashqari, Energetika vazirligi umumiy quvvati 2 100 MVt bo‘lgan beshta elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderlarni e'lon qildi.