O‘zbekistonda biometrik pasport ID-kartaga almashtiriladi

2023-yil 1-yanvardan biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish majburiy tartibda amalga oshiriladi.
ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, O‘zbekiston hududida foydalaniladi va 10 yil muddatga beriladi.
ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi (218 ming 050 so‘m).






