O‘zbekistonda endi jismoniy shaxslarga ham yangi «Inomarka»larni sotishga ruxsat berildi

Prezident «Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi talablar bekor qilinadi:
tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e'lon berish;
yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar –ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;
elektr energiyasini elektr ta'minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste'mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi etkazib berishni to'xtatib qo'yish;
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo`yish.
Ushbu qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar ham O‘zbekistonda yangi xorijiy avtomobillarni sotishlari mumkin bo‘ladi.






