O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishlar soni sezilarli darajada ko’paymoqda

O‘zbekistonda 17-iyun kuni 90 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 239 525 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
7 nafari Toshkent viloyatida,
74 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Ta’kidlash joizki, mamlakatda kasallanishlar soni so’nggi uch kunda sezilarli darajada ko’paymoqda.

Ma’lumot o’rnida, 16-iyun kuni — 59 kishida, 15-iyunda — 57 kishida, 14-iyunda — 39 kishida kasallanish holati qayd etildi.