O‘zbekistonda sovuq ob-havo sharoitida elektr va gazni rejali ravishda o‘chirish joriy etiladi

«Rejali cheklovlar kiritmasak, bundan-da jiddiyroq talafot ko‘rishimiz mumkin» — deya ma'lum qildi energetika vaziri.

Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda energiya ta’minotidagi uzilishlarga izoh berdi. U, hozirgi ob-havo sharoitida rejali, tizimli cheklovlar kiritgan holda vaziyatdan chiqib ketilmasa, bundan-da jiddiyroq talofatlar ko‘rilishi mumkinligini ta’kidladi.

«Bizning vazifamiz — odamlarning xonadonini gaz bilan ta’minlash, shuningdek, tabiiy gaz yordamida issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqarib, elektr energiyasini yetkazib berishdir. To‘g‘ri, e’tirozlar bor. Hammaga ham yetib bormayapti. Jo‘da ko‘p o‘chishlar bo‘lyapti. Buni biz tan olamiz, buni hech kim inkor etmayapti», — dedi energetika vaziri.

Shunday ob-havo sharoitida rejali, tizimli cheklovlar kiritgan holda [vaziyatdan] chiqib ketmasak, ertaga bundan-da jiddiyroq talofat ko‘rish mumkin. Shuning uchun bunday keskin choralar ko‘rishga majburmiz», — deya qo‘shimcha qildi Energetika vazirligi rahbari.