O‘zbekistonning Bursadagi Faxriy Konsulxonasi rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi

Bursada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi A.Agzamxodjayev Bursa gubernatori Yoqub Jonbo‘lat hamda Bursa shahar hokimi Alinur Aktash rasmiy uchrashuvlarlar o‘tkazib, hududlararo hamkorlik masalalarini muhokama etdi.
Shundan so‘ng O‘zbekistonning Bursadagi Faxriy Konsulxonasi rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Elchi A.Agzamxodjayev Bursadagi O‘zbekiston faxriy konsul Ali Baklanga muvaffaqiyatlar tiladi.
Faxriy konsullik ochilishiga Bursa gubernatori Yoqub Jonbo‘lat, Bursa shahar hokimi Alinur Aktash, Turkiya Buyuk Millat Majlisi O‘zbekiston-Turkiya do‘stlik guruhi raisi Usmon Mesten, Bursa ishbilarmon doiralari va faxriy konsullari ishtirok etayotganini qayd etgan A.Agzamxodjayev, “O‘zbekiston istiqlolining 30 yillik bayramini Bursada qardoshlarimiz ila birgalikda katta shodiyonalar bilan qutlamoq biz uchun katta baxt” dedi.
Tadbir davomida “Mustaqillikning 30 yilligida O‘zbekiston yangidan yuksalmoqda” nomli taqdimot o‘tkazilib, o‘zbek milliy taomi palov tortiq etildi.






