O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $500 mlnga kamaydi

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $34 mlrdni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 1-avgust holatiga bu ko‘rsatkich $34,6 mlrd bo‘lgan. Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari $500 mln.ga kamayganini ko‘rsatmoqda.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,3 mln troya unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati esa $21, 07mlrddan $21, 0 mlrd.ga pasaygan.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari ham iyul oyida $12,4 mlrdni tashkil etib, avgustda $12 mlrd bilan pasayish kuzatilgan.






