O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Moskva shahridagi yetakchi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar va Pirogov universiteti ordinaturasida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Behzod Musayev O‘zbekiston Prezidenti tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalar kasalliklarga qarshi o‘z vaqtida profilaktika choralarini ko‘rish, ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, shuningdek, yuqori sifatli davolash jarayonini ta’minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek, vazir yurtdoshlarimizni respublika statsionar muassasalariga ishga taklif qildi.

Tadbirda O‘zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya, yurak-qon tomir va bosh-yuz jarrohlik kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar o‘rtaga tashlandi.

Yurtdoshlarimiz doimiy ravishda amaliy tajriba almashish va o‘qituvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali sohani o‘zgartirish jarayonida faol ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.