«O‘zbektelekom» kompaniyasi Nukus ko‘chasidagi binosini auksionga qo‘ydi

Ma’lumotlarga ko’ra, Mirobod tumanida joylashgan maʼmuriy binoning boshlangʻich narxi 111 milliard soʻmdan ortiq.

“O‘zbektelekom” AK “Elektron auksion” saytida poytaxtning Mirobod tumani Nukus ko‘chasida joylashgan ofis binosini sotuvga qo‘ydi.

Binoning umumiy maydoni 7237 kv.m., shundan 6075 kv.m. - samarali hudud. Binoda barcha zarur kommunikatsiyalar mavjud: gaz, elektr, suv ta'minoti va kanalizatsiya.

Boshlang‘ich bahosi – 111 milliard 832 million so‘m, omonat summasi – 5 milliard 591 million so‘m.

P.S. Auksion 10-oktabr soat 10:00 da bo'lib o'tadi, arizalar shu kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi.