O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mustaqillik bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishga yil boshidan kirishgan. Partiyaning barcha hududiy kengashlarida mustaqillika bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev so'zga chiqdi.

Ma’lumki, joriy yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so‘nggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligini nishonlaydi.

Mustaqillik yillarida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayoti tubdan o‘zgardi.

Bugungi kunda partiya inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilish, jamiyatimizning barcha faol qatlamlarini “Yangi O‘zbekiston: birgalikda yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirgan holda yurtimizdagi har bir inson farovonligini ta’minlash, Uchinchi Renesans poydevorini qurish borasidagi ulkan ishlarga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldiga ustuvor vazifa sifatida qo‘ygan.