Parij – 2024: Olimpiada tarixida ilk bor Parij o‘yinlarida gender tenglik ta’minlanadi

2024-yili Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida barcha sport turlari bo‘yicha litsenziyalar taqsimoti e’lon qilindi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rasmiy saytining xabar berishicha, sportning ayrim turlari bo‘yicha ishtirokchilar soni Tokio Olimpiadasiga nisbatan kamaygan. Suv sport turlari, yengil atletika, boks, kanoeda eshkak eshish, velosport, gimnastika, dzyudo, eshkak eshish, parus sporti, o‘q otish, og‘ir atletika shular jumlasidandir.
Skeytbord, skalolazaniye (toqqa chiqish) va serfing bo‘yicha litsenziyalar soni ko‘paytirildi. Boshqa sport turlarida o‘zgarishlar bo‘lmadi.
Shuningdek, Olimpiada tarixida birinchi marta Parij o‘yinlarida gender tenglik ta’minlanadi. 32 ta sport turining har birida teng miqdordagi erkak va ayol sportchilar qatnashishi ko‘zda tutilgan va ishtirokchilar soni ham shunga muvofiq taqsimlangan.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2024-yili Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun yo‘llanmalar soni sport turlari bo‘yicha qo‘yidagi tartibda belgilandi.
Suv sport turlari – 1370, Kamondan otish – 128, Yengil atletika – 1 810, Badminton – 172, Basketbol – 40, Boks – 248, Kanoe – 318, Velosport – 514, Ot sporti – 200, Qilichbozlik – 212, Futbol – 32, Golf – 120, Gimnastika – 318, Xokkey – 24, Dzyudo – 372, Zamonaviy beshkurash – 72, Regbi – 12, Parus sporti – 330, O‘q otish – 340, Stol tennisi – 172, Taekvondo – 128, Tennis – 172, Triatlon – 110, Voleybol – 72, Og‘ir atletika – 120, Sport kurashlari – 288, Skeytbord – 88, Skalolazaniye (toqqa chiqish) – 68, Serfing – 48.
P.S. 2024-yilda Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024-yilning 26-iyul – 11-avgust kunlari tashkil etiladi.






