Parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi

Joriy yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisi Raisi Muhammad Bagir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish borasida qonunchilik organlarining ahamiyatini yuksaltirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida parlamentlararo muloqotni yana-da faollashtirishga kelishib olindi. Bu borada mintaqaviy va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, jumladan, Osiyo parlament assambleyasi imkoniyatlaridan ham keng foydalanish nazarda tutilmoqda.