Passport Index: BAA pasporti eng nufuzli pasportlar reytingida birinchi o'rinda

Kanadaning Arton Capital konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan “Passport Index” maʼlumotlariga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari pasporti 2022-yilda dunyodagi eng kuchli pasportga aylandi. Manbaalarga ko’ra, BAA pasporti egalari 121 davlatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.

Reytingni tuzishda Arton Capital pasportlarni ularning egalari qancha davlatga vizasiz tashrif buyurishi yoki mamlakatga kelganida viza olganligiga qarab baholadi. Reytingga ko'ra kuchli o'ntalikda BAA Yevropadan tashqari yagona davlat hisoblanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, BAA pasporti egalari 121 davlatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin, 59 mamlakatda viza kelganda amalga oshirilishi mumkin.

Ikkinchi o'rinni bir vaqtning o'zida bir nechta davlatlar band etdi. Bular Germaniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Lyuksemburg, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Shveytsariya va Janubiy Koreyadir. Ushbu davlatlarning pasport egalari 173 ta davlatga oldindan vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Jumladan, 120 dan ortig‘iga viza umuman kerak emas, qolganlarida esa kelgandan keyin rasmiylashtirilishi mumkin.

Ushbu ro'yxat bo'yicha O'zbekiston 69-o'rinda. Kuchli pasportlar reytingida Rossiya Turkiya bilan 38-oʻrinda (97 tadan) qayd etilgan. Mutaxassislar Afg‘oniston pasportini eng yomoni deb tan olishdi – u atigi 5 ta vizasiz yo‘nalish bilan 97-o‘rinni egalladi.