Pekin Olimpiadasida ishtirok etuvchi O’zbekistonlik

4-20-fevral kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi bo‘yicha slalom va gigant slalom yo‘nalishida O‘zbekiston nomidan faqat bitta vakil Komiljon To‘xtayev ishtirok etadi.
Ayni damda chang'ichi Italiyadagi San-Vigilio Di Marebbe majmuasida Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rmoqda.
O‘zbekistonliklarning ilk chiqishi 13-fevral kuni gigant slalom yo‘nalishida va 16-fevral kuni slalom yo’nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, To’xtayev 2018-yili Pxyonchxanda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashgan yagona chang‘ichi bo‘lgan edi.






