Braziliya prezidenti Pelening o‘limi munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi

“Futbol qiroli” braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele 29-dekabr kuni uzoq davom etgan kasallikdan soʼng 82 yoshida vafot etdi.
Braziliyalik sobiq futbolchi Pele San-Paulu shifoxonasiga shoshilinch yotqizilgandi. Uning tanasida koʼplab shish va yurak yetishmovchiligi aniqlangan. 20-dekabr kuni futbolchining qizi uning shifoxonada ahvoli ogʼir ekanini maʼlum qilgan.
27-dekabr kuni Pele oilasiga yaqin biznesmen Frenk Xolid futbol qirolining ahvoli tobora yomonlashayotgani sababli, u oilasi va doʼstlari bilan vidolashgani haqida yozgan.
“Pele yaqinlari va doʼstlari bilan vidolashmoqda. Futbol qiroli saraton bilan kurashda afsuski sekin-asta taslim boʼlmoqda. Uning oilasi afsonaning ahvoli tobora ogʼirlashayotganini aytdi”, - deya yozgan Xolid.
Qayd etilishicha, Pele ichaklari, jigari va oʼpkasida oʼsimtalar paydo boʼlgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Biroq bu foyda bermagan.
Sobiq futbolchi 2021-yil sentabrda yoʼgʼon ichakdagi oʼsimtani olib tashlash boʼyicha operatsiya qilingan, 2022-yilda esa uchta xavfli oʼsma va peshshob yoʼllari infektsiyasini davolash uchun ikki marta shifoxonaga yotqizilgan.
RIA Novosti xabariga ko’ra, Braziliya prezidenti Pelening o‘limi munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi.
P.S. Edson Аrantes du Nasimentu “Pele” uch marta 1958, 1962, 1970-yillarda jahon chempioni boʼlgan dunyodagi yagona futbolchi, XX asrning eng yaxshi futbolchisi edi.






