Pensiya jamg'armasi pensiya yoshini oshirish haqidagi xabarlarga izoh berdi

Jahon banki O‘zbekistonda pensiya yoshini 65 yoshga oshirishni taklif qilgan edi. Pensiya jamg‘armasi jamiyatda keng noroziliklarga sabab bo'layotgan ushbu ma’lumot yuzasidan izoh berdi.

«Pensiya jamg‘armasi hozirda bu bo‘yicha hech qanday taklif yoki loyiha ko‘rib chiqilmayotgani, shuningdek, bu masala kun tartibida emasligini ma’lum qiladi. Demak, bu taklif hech bir kuchga ega emas va xavotirga o‘rin yo‘q», deb izoh berdi jamg'arma.

Ma'lumot o'rnida, hozirda O‘zbekistonda pensiya yoshi 55-60 yoshni tashkil qiladi. Jahon banki pensiya yoshini 65 yoshga uzaytirish bo‘yicha taklif bergan edi.

Bayonotda O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari ichida pensiya yoshi eng past respublika ekanligi va Estoniya, Latviya, Litva va Ozarbayjonda ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshi 65 yoshga ko‘tarilgani ma’lum qilgan edi.