Penthaus Amirlikdagi eng qimmat uyga aylandi

“The National News”ning qayd etishicha, Dubaydagi Jumeirah Bay osmono’par binolar majmuasida joylashgan penthaus rekord darajadagi narxda sotilgan va ushbu Bitim amirlikdagi eng qimmat uy sotuviga aylangan.
Penthaus “Bulgari Lighthouse” binosida joylashgan. Sotuv bitimi 1-fevral kuni ro’yxatga olingan bo’lib, xaridor uy uchun 112 million dollar to’lagan.
Ma’lum qilinishicha, penthaus 3,6 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi va 9 ta yotoqxonadan iborat. Shuningdek, to’langan narxning ichiga 5 ta avtomobil uchun to’xtash joyi ham kirishi ma'lum qilingan.






