Pokiston aholisi kamroq choy ichishga da’vat etildi

Eng yirik choy importyori Pokiston o’z aholisidan mamlakat iqtisodiyotini barqaror ushlab turish istagida choy miqdorini kamaytirishni so‘radi.
Bosh vazir Ahsan Iqbolning aytishicha, kuniga kamroq miqdorda choy ichish Pokistonning yuqori import to'lovlarini kamaytiradi.
Pokiston dunyodagi eng yirik choy importchisi bo'lib, o'tgan yili 600 million dollardan (501 million funt sterling) ko'proq mahsulot sotib oldi.
Pokiston matbuotining xabar berishicha, "Men xalqimizdan choy iste'molini bir-ikki piyolaga kamaytirishini so'rayman, chunki biz choyni qarzga import qilmoqdamiz", dedi janob Iqbol.
Tadbirkorlar elektr energiyasini tejash uchun soat 20:30 da bozordagi do'konlarini yopishlari maqsadga muvofiq bo’ladi, dedi u.
Bu chaqiriq Pokistonning valyuta zaxiralari tez pasayishda davom etayotgan bir paytda yangradi - hukumat yuqori import xarajatlarini kamaytirish va mablag'larni mamlakatda ushlab turish uchun bosim ostida qolmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda choy ichishni kamaytirish talabi tez tarqaldi. Ko'pchilik mamlakatdagi jiddiy moliyaviy muammolarni kofeinli ichimlikdan voz kechish orqali hal qilish mumkinligiga shubha qilmoqda.
Pokistonning valyuta zaxiralari fevral oyidagi 16 milliard dollardan (13,4 milliard funt sterling) iyun oyining birinchi haftasida 10 milliard dollarga (8,3 milliard funt sterling) kamayib ketdi. Bu summa barcha importning ikki oylik xarajatlarini qoplashga zo'rg'a yetdi.
O'tgan oy Karachi rasmiylari mablag'larni himoya qilish taklifi doirasida o'nlab zarur bo'lmagan qimmatbaho mahsulotlar importini chekladilar.






