“Pfizer” kompaniyasi bolalarga mo‘ljallangan vaksina ishlab chiqdi

“Pfizer” kompaniyasining 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanuvchi vaksinalari noyabrda sog‘liqni saqlash bo‘yicha federal organlar tasdig‘idan o‘tish uchun taqdim etishga tayyor.

“REGNUM” bu haqda Oq uy ma’muriyatining pandemiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul rasmiysi Jeffri Ziyents ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.

Dastlab, AQSh mahsulotlar va dori vositalari nazorati Boshqarmasi tasdiqlashi lozim, shundan so‘ng vaksina kasalliklar profilaktikasi va nazorati Markazi tahlilidan o‘tadi.

“Biz tayyormiz. Zahiralarimiz ham mavjud”, dedi Ziyents.