Pokiston Bosh vaziri Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Qur’on oyatlari tilovat qilinib, O‘zbekistoning Birinchi Prezidenti yod etildi.